Toshkentdagi bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish uchun tizim joriy qilinadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida narxlarni stabillashtirishga yordam beradigan dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi. Bu haqda Iqtisodiy va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu dasturiy ta’minot Toshkent shahridagi “Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” hamda “Eski Juva dehqon bozor” larida tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yiladi. 

Xabar qilinishicha,  ushbu dastur bozor hududiga kunlik kirib kelgan meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari turi, miqdori, ularning eng quyi va eng yuqori narxi va qaysi hududdan olib kelinganini aniqlaydi. Ushbu ma’lumotlar esa doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib boriladi hamda Davlat statistika qo‘mitasida doimiy ravishda brifing o‘tkazib borilishi yo‘lga qo‘yiladi. 

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, ushbu dasturiy ta’minot bir oy ichida yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing