Toshkentdagi bozorlarda karantin talablari kuchaytirildi
Jamiyat
−
15 mart 2021
29109Avvalroq, poytaxt hokimligida Toshkent shahriga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabi rahbari, shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev boshchiligida maxsus yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Unda bozorlar va savdo majmualarida amaldagi karantin tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilinishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Qayd etilishicha, poytaxtdagi barcha bozorlar va savdo majmualariga kirish darvozalarida bozor ma’muriyati, sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston milliy gvardiyasi va ichki ishlar hodimlari birgalikda hududga kirayotgan aholini tibbiy niqoblarda bo‘lishi nazorat qilib borilmoqda.
Shuningdek, infra qizil termometr (teplovizor)lar orqali hududga kirayotganlarning harorati doimiy o‘lchanib, qo‘llari antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilinmoqda. Bundan tashqari mas’ul idoralar hodimlari bilan birgalikda bozorlar va savdo majmualarida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan, sotuvchilar tibbiy niqoblar va qo‘lqoplarda savdoni amalga oshirishlari ham nazoratga olingan.
Avvalroq, Toshkentning uchta tumanidagi barcha maktablar onlayn ta’lim shakliga o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi