Toshkentdagi bozorlarda 6,8 tonna yaroqsiz go‘sht aniqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida sotilayotgan 6,8 tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlari yaroqsiz ekani aniqlandi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Alisher Safarov ma’lum qildi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Toshkent shahri dehqon bozorlaridagi 30,6 ming tonna go‘sht, 103 ming tonna o‘simlik maxsulotlari, 163,8 mln dona tuxum, 6,6 ming tonna sut va sut mahsulotlari veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi tomonidan laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilgan. 

Aniqlanishicha, 6,8 tonna go‘sht va go‘sht maxsulotlari, 43,5 tonna o‘simlik, 89 ming dona tuxum, 4,7 tonna sut va sut mahsulotlari iste’molga yaroqsiz bo‘lgan va ushbu mahsulotlar savdodan chetlashtirilgan va zararsizlantirib yo‘qotilgan.

Davlat veterinariya xizmati tomonida joriy yilning o‘tgan davrida aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan 563 ming bosh sigir va tanalar sun’iy urug‘lantirilib, 7,3 mlrd so‘mlik pullik veterinariya xizmatlari ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing