Toshkentdagi bog‘chada bolalarning oyog‘iga igna tiqilgani aniqlandi
3-sahifa
−
29 may 2023
12613Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 122-bog‘chada bolalarning uxlamagani uchun oyoqlariga igna tiqishayotgani aytilayotgan video xabar tarqaldi. Ushbu holatga shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, pedagogika kolleji o‘quvchisi R.M. amaliyot o‘tash uchun 11 may kunidan Yangihayot tumani “Oriyat” mahallasida joylashgan 122-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 4-sonli kichik guruhiga qabul qilingan.
U joriy yilning 26 may kuni shu guruhdagi tarbiyalanuvchilar uxlamagani sababli 2-3 nafariga igna tiqib olgani aniqlangan. Hozirda talaba R.M. amaliyotdan chetlatilgan.
“Hurmatli ota-onalar! Sizning farzandingiz ta’lim-tarbiya olayotgan muassasada yuqoridagi kabi noxush va boshqa noqonuniy holatlar qayd etilayotganiga duch kelsangiz Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishonch telefoni – 71-2370893 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz so‘raladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ham qo‘shimcha axborot berib, ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida bog‘cha bolasi kaltaklangandi.