Toshkentdagi “Beshqo‘rg‘on” bozorida katta yong‘in bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi bozorlardan birida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 5-aprel kuni soat 15:56 da tumanning Toshkent katta halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan “Beshqo‘rg‘on” bozorida do‘kon yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.

Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent “Beshqo'rg'on” katta yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing