Toshkentdagi barcha sharoiti og‘ir mahallalar “Obod mahalla” dasturiga kiritiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi sharoiti og‘ir bo‘lgan barcha mahallalarda “Obod mahalla” dasturi amalga oshirilib, aholining to‘liq bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishdia ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ Bosh muharriri Sunnatilla Abdullayev xabar bermoqda.

Toshkent shahridagi 4 ta sektor rahbarlarining har biri 100 tadan odamni jalb qilib, eng og‘ir mahallalardagi bog‘cha, maktab va shifoxonalarning muammolarini joriy yil 1 noyabrga qadar to‘liq hal qilib chiqib ketadi.

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu haftada Toshkent shahridagi bitta mahalla misolida bu ishlarni qanday tashkil etishini taqdimot qiladi.

Umuman, Bosh vazirning o‘rinbosarlari – Ochilboy Ramatov, Jamshid Qo‘chqorov, Sardor Umrzoqov, Behzod Musayev viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanishi, dasturlarda joriy yil uchun belgilangan barcha ishlarni 1 noyabrga qadar yakunlashi kerakligi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing