Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopildi
Jamiyat
−
24 noyabr 2025 2791 1 daqiqa
Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 24 noyabrdan 4 dekabrgacha Yangi O‘zbekiston “Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining Respublika final (uchinchi) bosqichi – “Prezident Olimpiadasi” o‘tkazilishi munosabati bilan vaqtincha avtomobillar harakati cheklanadi.
Quyidagi yo‘nalishlarda avtoulovlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi:
- “Yangi O‘zbekiston” ko‘chasidan yangi mehmonxonalar tomon harakatlanish (“Yangi O‘zbekiston bog‘i” chegarasi bo‘ylab);
- Milliy bog‘ ko‘chasidan yangi mehmonxonalar tomon harakatlanish.
-Recovered-Recovered-Recovered-Recovered.jpg)
Cheklovlar barcha avtoulovlarga taalluqli bo‘lib, faqat maxsus transport vositalari bundan mustasno.
Eslatib o‘tamiz, 21 noyabrdan 24 noyabrgacha Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Beshqayrag‘och ko‘chasidan Foziltepa ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l qismida bir tomonlama harakat cheklangandi.
Komila Qobilova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025