Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
Jamiyat
−
26 mart 3347 1 daqiqa
Toshkent shahrida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda “International Tashkent Marathon – 2026” tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:
28 mart soat 08:00 dan 12:00 gacha:
- Yangi O‘zbekiston ko‘chasi – CAU universiteti oldida Parkent avtomagistraligacha.

3 aprel soat 16:00 dan 5 aprel 14:00 gacha:
- Afrosiyob ko‘chasi – I.Karimov ko‘chasi kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi kesishmasigacha.

5 aprel soat 02:00 dan 13:00 gacha:
- Beshyog‘och ko‘chasi – Furqat ko‘chasi kesishmasidan I.Karimov ko‘chasi kesishmasigacha;
- Afrosiyob ko‘chasi – I.Karimov ko‘chasi kesishmasidan Sh.Rashidov ko‘chasi kesishmasigacha:
- Sh.Rashidov ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi kesishmasidan I.Karimov ko‘chasi kesishmasigacha;
- Afrosiyob ko‘chasi – Sh.Rashidov ko‘chasi kesishmasidan Shahrisabz ko‘chasi kesishmasigacha;
- Shahrisabz ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi kesishmasidan A.Temur shoh ko‘chasi kesishmasigacha;
- Oybek ko‘chasi – Shahrisabz ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha;
- Nukus ko‘chasi – Oybek ko‘chasi kesishmasidan Istiqbol ko‘chasi kesishmasigacha;
- Abdulla Qodiriy ko‘chasi – Istiqbol ko‘chasi kesishmasidan Abay ko‘chasi kesishmasigacha.

Haydovchilardan ushbu cheklovlarni inobatga olib, harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘raladi.
Live
Barchasi