Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
Jamiyat
−
02 iyul 4163 1 daqiqa
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sodiq Azimov ko‘chasi va “O‘zbekiston ovozi” ko‘chalari kesishmasi vaqtincha yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayni damdagi qurilish va ta’mirlash ishlarini jadallashtirish maqsadida ushbu ko‘chalar kesishmasida bugun, 2 iyul kuni soat 12:00 dan 5 iyul kuni soat 8:00 ga qadar vaqtincha avtoulovlar harakati cheklanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Mustaqillik shoh ko‘chasidan harakatlanganda Maxatma Gandi ko‘chasiga o‘tish va qayrilib olish mumkin. Shuningdek, Mahtumquli ko‘chasidan harakatlanganda Sodiq Azimov ko‘chasining “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasiga tutash qismidan qayrilib olish mumkin.
“Ta’mirlash ishlari kun-u tun tashkil etiladi va ikki smenada amaliy ishlar olib boriladi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tez orada harakatlanish tiklanishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.