Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
Jamiyat
−
19 may
2559Toshkent shahrida “Talabalar festivali” o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda Olmazor tuman hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, festival munosabati bilan bugun, 19 may soat 20:00 dan 23 may soat 00:00 gacha Olmazor tumanining Farobiy ko‘chasi Universitet ko‘chasi kesishmasidan Talabalar ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l vaqtinchlalik yopiladi.
Mazkur yo‘ldan harakatlanuvchi haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining ma’lum bir qismi 1 oydan ko‘p vaqtgacha yopiq bo‘lishi aytilgandi.
LiveBarchasi