Toshkentdagi avtobus eshigi ochiq holda harakatlandi (video)

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 dekabr kuni Toshkentda 117-sonli avtobus old eshigi ochiq holatda harakatlangani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, anomal sovuq tufayli Qo‘yliq bozoridan Do‘stlik 2-mavzesi tomon harakatlangan avtobus eshigining mexanizmidagi havo tizimi muzlab qolgan. Haydovchi avtobus salonida yo‘lovchilar borligini inobatga olgan holda, ularni oxirgi bekatga yetkazib qo‘yish maqsadida harakatni davom ettirgan.

Yo‘lovchilarni bekatga yetkazgandan so‘ng haydovchi transport vositasini 12-Avtobus saroyiga olib kirgan.

“Avtobusga texnik yordam ko‘rsatilib, kamchilik bartaraf etilgandan so‘ng yana yo‘nalishga chiqarilgani va ushbu avtobus ayni paytda yo‘nalishda texnik soz holatda harakatini davom ettirayotganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Ozoda Choriyeva 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing