Toshkentdagi andijonlik talabalarga uyiga qaytishi uchun bepul taksilar ajratiladi

Jamiyat

image

Toshkentda o‘qiyotgan andijonlik talabalarni yangi yil bayrami va qishki ta’tilni o‘tkazish uchun uylariga olib kelish maqsadida 25 ta avtotransport vositasi ajratiladi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Yangi yil bayrami oldidan Toshkent-Andijon poyezdiga chipta topish ancha qiyin bo‘ladi, avtomashinada qaytish uchun esa bayram arafasida yo‘lkira birmuncha qimmat bo‘lib ketadi. Bu ayniqsa, talabalarni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Ana shundan kelib chiqib, talablarga qulaylik yaratish, ularga ko‘maklashish maqsadida ushbu xayrli ishga qo‘l urdik”, deydi Andijon Transport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Mashrapov.

Bundan tashqari, imkon qadar ko‘proq talabalarni olib kelish uchun yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtomobil egalarini ushbu xayrli ishga qo‘shish taklifi bildirilgan.

Ma’lum qilinishicha, avtomashinalar 27 dekabr seshanba kuni poytaxtdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi oldidan soat 12:00 da Andijonga jo‘naydi. Toshkent shahrida tahsil olayotgan andijonlik talabalar ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

243

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing