Toshkent tumanidagi 5 ta maktab ta’miri uchun ajratilgan mablag‘ talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

Toshkent tumanidagi 5 ta maktabda olib borilgan joriy ta’mirlash ishlarida byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.I.” MCHJ rahbari D.B. va tuman Xalq ta’limi bo‘limi qurilish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi S.T. lar tumandagi 5 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshirilgan joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha hisob-fakturalarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 321,6 mln so‘m byudjet mablag‘ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing