Toshkentdagi 31 ta OTMda darslar boshlanish soati kechiktirildi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentning qator oliy ta’lim muassasalarida darslarning boshlanish vaqti o‘zgaradi. Unga ko‘ra, aksariyat OTMlarda o‘quv jarayonlarining boshlanish vaqtida soat 9:30 dan etib belgilanmoqda. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, darslar boshlanishi soatlari bo‘yicha o‘zgarish 31 ta OTMga tegishli. 

Vazirlikning ma’lum qilishicha, poytaxt metropolitenida yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy ta’lim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlangan. 

Unga ko‘ra, 2023 yil 9 yanvardan quyidagi rasmda keltirilgan ta’lim maskanlari talabalari o‘zgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, qishki ta’til tugab, dars jarayonlarining boshlanish sanasi 9 yanvar, dushanba kuniga to‘g‘ri keladi. 5 yanvardan esa talabalar turar joyi o‘z ishini boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing