Toshkentdagi 20 ta korxona faoliyati to‘xtatildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 8 oyi davomida Toshkent shahrida atmosferaga zarar yetkazayotgan 20 ta ob’ekt faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida atmosfera havosini yaxshilash maqsadida 12 ta hududiy ishchi guruh tashkil etilgan. Sanoat korxonalari, ijtimoiy soha ob’ektlari va issiqxona xo‘jaliklaridan atmosferaga tashlamalarni kamaytirish maqsadida tuzilgan ishchi guruhlarga vazirlik va idoralardan jami 150 nafardan ortiq mutaxassislar jalb qilingan.

Ishchi guruh tomonidan sanoat korxonalari, issiqxonalar va atmosferaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa ob’ektlar faoliyati doimiy o‘rganilgan. Xususan, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida 1452 ob’ekt xatlov qilingan, 174 ta tungi reyd tadbiri o‘tkazilib, 281 ta qonun buzilish holati aniqlangan, 154 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 20 ta ob’ektning faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqida sudga ariza kiritilgan, 179 ta qonun buzilish holati bartaraf etilgan, shuningdek, 11 ta zamonaviy qozon, 19 ta filtr va 12 ta chang tozalash uskunalari o‘rnatilgan.

Bildirilishicha, poytaxtda atmosfera havosi sifatini yaxshilash, zararli omillarni bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan Toshkent viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilishda Toshkent shahridagi ekologiyaga zarar keltirayotgan korxonalar Toshkent viloyatidagi bo‘sh yerlarga ko‘chirilishi haqida aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent atmosfera

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing