Toshkentda jinoiy guruh Rossiyadan yuborilgan 7 sisterna benzinni o‘g‘irladi
3-sahifa
−
21 fevral 2022
13142Rossiyadan Toshkentga yuborilgan 7 sisterna benzin o‘g‘irlagan fuqarolar tergov qilinmoqda. Bu haqda IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti ma’lum qildi.
Joriy yilning 30 yanvar kuni fuqaro B.S, Sh.D., D.I. va boshqa shaxslar Rossiyaning Orsk shahri neftni qayta ishlash zavodidan Toshkent shahri, Sergeli tumani 5-dahada joylashgan MCHJ xorijiy korxonasiga yuborilgan 7 ta vagon-sisternaga yuklangan AI-95 markali benzinni o‘g‘irlab ketgan.
Qayd etilishicha, ular vagonlarning tepa qismidagi lyukiga o‘rnatilgan tamg‘alarni kesib, vagon lyuklarini ochib, benzinni o‘z boshqaruvlarida bo‘lgan neft mahsulotlarini tashishga mo‘ljallangan transport vositalariga yuklagan va voqea joyidan yashiringan.
Mazkur xolat yuzasidan Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 169-moddasi 3-qismi "v-bandi" hamda 4-qismi “a” bandi bilan (uyushgan guruh tomonidan katta miqdorda neft mahsulotlari talon-taroj qilish uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi).
LiveBarchasi