Toshkentda Jahon kubogi start oldi

Sport

image

Joriy yilning 19-21 aprel kunlari Toshkent shahri badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi.

Kecha Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabida ushbu nufuzli turnirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali ochilish marosimida o‘zbekistonlik badiiy gimnastikachilar tomonidan tayyorlangan turli ko‘rgazmali chiqishlardan iborat dastur namoyish etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakat gimnastika federatsiyasi mutasaddi rahbarlari, xorijlik mehmonlar, sport jamoatchiligi hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

“Yurtimiz yana bir marta dunyoning eng kuchli sportchilari yig‘iladigan ushbu turnirga mezbonlik qilib turganidan mamnunmiz. Ishonchim komil, Toshkentda o‘tkazilayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi yuqori saviyada o‘tadi va unda ishtirokchilar o‘zlarining yuksak mahoratlarini namoyish etadi”, deydi ochilish marosimida so‘zga chiqqan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov.

Eslatib o‘tamiz, dunyoning 23 davlatidan 80 nafarga yaqin kuchli gimnastikachi qizlar qatnashadigan Jahon kubogi bosqichida ishtirokchilarning 39 nafari yakkalik bahslarida o‘z omadini sinab ko‘radi. Yana 6ta jamoa guruh bahslarida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon kubogi

Baholaganlar

3

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing