Toshkentda yurib ketayotgan Damas yonib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida harakatlanib borayotgan Damas avtomashinasi butunlay yonib ketdi. Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 26 avgust kuni soat 15:30 da tumanning “Qirguzar” MFY Nazarbek temiryo‘li ko‘prigi ostida “Turkiston-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan xaydovchi 1990 yilda tug‘ilgan U.M. boshqaruvidagi Damas rusumli transport vositasining salon qismida yong‘in kelib chiqqan. 

Yong‘in oqibatida avtomobil to‘liq yonib ketgan. Haydovchi esa avtomobildan tushib qolgan. Harakat vaqtida avtomobilda yo‘lovchi bo‘lmagan. 

Ushbu yong‘in oqibatida harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.

Hozirda holat yuzasidan Zangiota tumani FVB YOXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Nexia yonib ketgandi. Qamchiq dovonida ham harakatlanib ketayotgan Equinox yonib ketgandi


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Zangiota Damas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made