Toshkentda yo‘lovchi talashib janjallashgan avtobus haydovchilari qamaldi

3-sahifa

−

image

Avvalroq Toshkent shahri Yashnobod tumanida avtobus haydovchilari yo‘l va yo‘lovchi talashib janjallashgani haqida xabar bergan edik. Tartibsizlik sodir etganlar javobgarlikka tortildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi. 

Bugun, 2 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida 28-sonli yo‘nalish avtobus haydovchisi N.B. va 155-sonli avtobus haydovchisi M.M.ga nisbatan yuritilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha aybli deb topilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining qarori bilan N.B. va M.M.ning har biriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

“Ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati yoki protest berilishi mumkinligi ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing