Toshkentda yo‘l talashgan haydovchining boshi yorildi
3-sahifa
−
17 aprel 11967 1 daqiqa
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 36 yoshli ayol 20 yoshli bola bilan yo‘l talashib, uning boshiga temir bilan urdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 12 aprel kuni Yunusobod tumanining 13-mavze hududida 1989 yilda tug‘ilgan Spark rusumli avtomashina haydovchisi M.X. hamda 2005 yilda tug‘ilgan Matiz rusumli avtomashina haydovchisi S.A. lar yo‘l talashishi oqibatida o‘zaro janjallashgani aniqlangan. Shundan so‘ng M.X. avtomashinadan tushib, temir jism bilan Matiz'ning oynalarini sindirgan va shu jism bilan fuqaro S.A.ning bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda fuqaro S.A. olgan tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida Cobalt haydovchisi YPX xodimining qonuniy talabini bajarmasdan faol qarshilik ko‘rsatib, unga kalla qo‘ygan edi.
Live
Barchasi