Toshkentda yo‘qolgan 13 yoshli qiz topildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida bedarak yo‘qolgan 13 yoshli qiz dugonasining uyidan topildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Avvalroq, Toshkent shahrida tug‘ilgan Odina Baxriddinova joriy yilning 8 avgust kuni taxminan soat 10:45 da Chilonzor tumani, 6-kvartal, 52-uyda joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmaganligi haqida xabar bergan edik.

Bedarak yo‘qolgan 13 yoshli qiz kecha, 16 avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida topildi. 2007 yilda tug‘ilgan Odina dugonasining uyida ekanligi aniqlangan.

“Qiz dugonasining uyida bo‘lgan ekan. Xavotirga o‘rin yo‘q. O‘smirning qidiruvida faol ishtirok etganlarga minnatdorchilik bildiramiz”, deyiladi IIBB xabarida.

Bundan bir necha kun avval ham Toshkent shahrida go‘zallik saloniga ketib qaytib kelmagan qiz ham qidirilgan edi. Oradan bir necha kun o‘tib, yo‘qolgan qiz topilgandi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2677

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing