Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi 

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda eski ToshMI yaqinida HOWO yuk mashinasi yonayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 25 iyun kuni 23:10 da 1-Toshkent tibbiyot akademiyasi qarshisida sodir bo‘lgan. 1995 yilda tug‘ilgan B.I boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk mashinasi Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan vaqtda qisqa tutashuv sabab avtomobilda yong‘in chiqqan. 

Yong‘in oqibatida tan jaroxat olganlar yuq. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoda Isuzu va KAMAZ rusumidagi yuk mashinalari to‘qnashuv sodir etib, yonib ketgandi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi avtoturargohlardan birida ikkita yuk avtomobillarida gaz ballonlari portlab ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

281

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing