Toshkentda yuk mashinasi bekatga borib urildi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida bugun, 7 iyul kuni yuk avtomashinasi bekatga borib urildi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 08:45 da Yunusobod tumanining Yangi shahar ko‘chasidagi savdo majmuasi qarshisida harakatlanib kelayotgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Kia rusumli yuk avtomashinasida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi avtobus bekatiga urilishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH paytida bekatda turgan fuqaroga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining 116-kilometrida Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa borib urilgandi. Oqibatda ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Yutong rusumli transport vositasi Lacetti’ga borib to‘qnashgan. YTH ortidan Lacettiʼda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1 yo‘lovchi tan jarohatlar olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH YHXB savdo majmuasi avtobus bekati yuk avtomashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing