Toshkentda yuk avtomobili bilan to‘qnashgan Damas ag‘darilib ketdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahri Sergeli tumanida yuk avtomobili bilan to‘qnashgan Damas ag‘darilib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 26 aprel kuni soat 07:00 larda Toshkent shahar Sergeli tumani TXAY ko‘chasida 1970 yilda tug‘ilgan haydovchi A.S. boshqaruvidagi ISUZU rusumli yuk avtomobili hamda 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi A.S. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda haydovchilar va bir nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

263

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing