Toshkentda YTH oqibatida Volkswagen’da yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
05 dekabr 2024 4425 1 daqiqa
Toshkent shahri Yunusobod tumanida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5 dekabr kuni soat 10:21 larda Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasi ko‘prik ustida haydovchi 1972 yilda tug‘ilgan I.G. boshqaruvidagi Lacetti-2 rusumli transport vositasi, haydovchi 2003 yilda tug‘ilgan R.R. boshqaruvidagi Nexia Sons transport vositasi va 1989 yilda tug‘ilgan B.T. boshqaruvidagi Volkswagen Caddy rusumli avtoulovlar to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
“YTH oqibatida Volkswagen Caddy’da yong‘in kelib chiqqan. FVB tuman bo‘limi xodimlari tomonidan yong‘in bartaraf etilgan”, deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB hamda FVV mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirmasliklarini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida 5 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Oqibatda Lacetti-3 avtomobili salonida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025