Toshkentda YTH oqibatida haydovchi va ikki piyoda vafot etdi (video)
3-sahifa
−
22 Oktabr
7457Bugun, 22 oktyabr kuni Toshkent shahrida Lacetti haydovchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etishi oqibatida ikki piyoda vafot etdi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat soat 06:20 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi 1985 yilda tug‘ilgan S.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 2 nafar piyoda 1953 yilda tug‘ilgan S.K. va 1960 yilda tug‘ilgan K.S.larni urib yuborishi va rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxt poyasiga to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida haydovchi va piyodalar olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Furqat tumanida Cobalt va Damas ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etgandi. Cobalt haydovchisi atrofni tuman qoplagan bo‘lishiga qaramay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan. Bu vaqtda ro‘paradan kelayotgan Damas uni payqamay qolgani ortidan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
LiveBarchasi