Toshkentda YPX xodimi mototsiklchi qiz bilan poyga o‘ynadi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida mototsiklchi qiz va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining xizmat mashinasi – Lacetti poyga o‘ynagani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur videolar yuzasidan poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganov munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, YPX inspektori mototsikl haydovchisining hujjatlarida kamchilik aniqlagan va shu sababli mototsiklni jarima maydonchasiga joylashtirishi kerak bo‘lgan. Haydovchi esa ulovni o‘zi jarima maydonchasiga olib borgan. Holat bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, Qahramon Xudoyberganov o‘z munosabatiga mototsiklning jarima maydonchasiga joylashtirilgani to‘g‘risidagi hujjatni ilova qilgan. Hujjatda voqea joriy yilning 7 iyul kuni ertalab soat 04:30 lar atrofida sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, mototsikl haydovchisi joriy yilning 11 iyul kuni o‘zining Instagram sahifasida joylashtirgan videoda deyarli teng tezlikda ketayotgan transport vositalari mototsikl va Lacetti’ning 100 kilometr/soat tezlikda harakatlanayotganini ko‘rish mumkin. Qahramon Xudoyberganov esa o‘z munosabatida holatning mazkur tomonlariga izoh berib o‘tmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent YPX poyga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing