“Osiyo ayig‘i” Murod Xonto‘rayev pichoqlangani tasdiqlanmadi
Sport
−
27 mart 2019
12146Bugun, 27 mart kuni ijtimoiy tarmoqlar va ba’zi OAVda “Osiyo ayig‘i” laqabini olgan aralash qoidali yakkakurashlar jangchisi Murod Xonto‘rayev pichoqlangani haqida xabarlar tarqaldi.
“Xonto‘rayev o‘zining yaqinlaridan biri bilan gap talashib qolgan. Natijada mojaroning ikkinchi ishtirokchisi Murod Xonto‘rayevga pichoq bilan hujum qilgan. Xonto‘rayevga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Uning jarohati u qadar jiddiy emasligi aytilmoqda”, deyiladi xabarlarda.
Ammo Xonto‘rayevning pichoqlangani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Sportchi o‘zi haqidagi xabarlardan keyin Instagram ijtimoiy tarmog‘ida jonli efirda muxlislariga ko‘rinish berdi. Unda Xonto‘rayevning avtomobil haydab ketayotganini ko‘rish mumkin.
Sportchining muxlislari va do‘stlari uning pichoqlangani haqida aytishganda, “pichoqlaverisharkanda”, deb qo‘ydi Murod Xonto‘rayev.
Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati ham aralash qoidali yakkakurashlar jangchisi Murod Xonto‘rayevning pichoqlangani haqida xabarlarni rad etdi.
Eslatib o‘tamiz, Murod Xonto‘rayev o‘tgan yilning 26 oktyabr kuni “Toshkent savdo markazi” (sobiq Turkuaz) yaqinida pichoqlab ketilgandi.
Bir muddatdan keyin internetda MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevning ofisiga uyushtirilgan hujumga oid videolar tarqaldi.
LiveBarchasi