Toshkentda yirik tadbirlar sabab yo‘llar yopiladi

Jamiyat

image

5 iyul – Xalqaro Olimpiya kuni. Shu munosabat bilan bugun va ertaga poytaxt Toshkentda ayrim yo‘llarda avtomobillar harakatlanishi taqiqlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Ot sporti paradi” o‘tkazilishi munosabati bilan soat 19:00 dan 21:00 gacha Amir Temur shox ko‘chasining Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘lidagi qismida barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi.

Ertaga, 6 iyul  kuni “Ommaviy yurish marafoni” o‘tkazilishi munosabati bilan soat 07:00 dan 08:00 gacha “Xalqlar do‘stligi” maydonidan  Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasi va Afrosiyob ko‘chasi kesishmasigacha, mazkur kesishmadan Olmazor ko‘chasining O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasigacha bo‘lgan qismida barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing