Toshkentda yigit kar-soqov qizni do‘pposladi 

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda jismoniy imkoniyatlari cheklangan (kar-soqov) kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur video Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘rganilgan. Janjallashgan fuqarolarning shaxslari aniqlangan. 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 20 avgust kuni taxminan soat 08:00 da Chilonzor tumani Sharq mahallasi hududida 22 yoshli M.M. va 27 yoshli U.K. o‘rtasida pul sababli janjal kelib chiqqan. Qizga yetkazilgan badan shikastlari og‘irligi darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. 

Xabarda aytilishicha, tergov oldi tekshiruvi natijalariga ko‘ra, zarur choralar ko‘riladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1023

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing