Toshkentda yer usti metrosi qurilishi avjida

Jamiyat

image

Hozirda Toshkent metropolitenining “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan qismida “Ohangaron” bekati yo‘nalishi bo‘ylab dastlabki relslarni qo‘yish ishlari boshlab yuborildi. Ayni paytda ushbu yo‘nalishga 2 kilometrdan ortiq po‘lat izlar yotqizildi.

Ushbu yo‘nalish 11 kilometrdan iborat bo‘lib, “Do‘stlik”, “Ohangaron”, “Tuzel”, “Iltifot”, “Rohat”, “Yangiobod” hamda “Qo‘yliq” bekatlarini o‘z ichiga oladi.

Ushbu metro qurilishida butunlay yangi texnologiyadan foydalanilmoqda. Jumladan, estakadalar uchun monolit usulda beton ustunlar quyish jarayoni o‘zlashtirilib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan materiallardan foydalanilmoqda.

Temiryo‘lchilar Mustaqillik bayrami arafasida “Do‘stlik” hamda “Ohangaron” bekatidagi qurilish ishlarini to‘liq tugatishni rejalashtirishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing