Toshkentda yer ijarasi uchun minimal qiymat o‘zgarmoqda
Jamiyat
−
09 avgust 2021
5116Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yer uchastkasiga ijara huquqining minimal qiymatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror bilan Toshkent shahrida yer uchastkasidan ijara huquqining minimal qiymati iqtisodiy zonalar kesimida quyidagicha belgilash nazarda tutilyapti:
Izoh: * Toshkent shahrida zonalar chegarasi Toshkent shahar hokimining 2015 yil 24 fevraldagi 162-sonli va 2021 yil 12 fevraldagi 158-sonli qarorlarida belgilangan.
** Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid xarajatlarni inobatga olgan holda yer uchastkasining boshlang‘ich narxini belgilaydi.
Shuningdek, Toshkent shahrida yer uchastkasidan ijara huquqining minimal qiymati tumanlar kesimida quyidagicha belgilanmoqda:
Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi (B.Tashxodjayev), tuman hokimliklari:
- auksion orqali realizatsiya qilishga mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalarining (keyingi o‘rinlarda – yer uchastkalari deb ataladi) ro‘yxatini shakllantiradi;
- yer uchastkalari bo‘yicha kelishilgan yoki ijobiy xulosa berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida yer uchastkasiga ijara huquqining minimal qiymati asosida yer uchastkasining boshlang‘ich narxini belgilaydi.
LiveBarchasi