Toshkentda yollanma bosqinchilar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida bosqinchilik jinoyati bilan shug‘ullanib kelganlar qo‘lga olindi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning 10 avgust kuni soat taxminan 21:00 da tuman IIBga Jarboshi mahallasida bosqinchilik jinoyati sodir etilgani haqida xabar kelib tushgan. Ikki nafar shaxs mahallaning ovloq joyida 2 nafar jabrlanuvchini do‘pposlab, 5 mln 500 ming so‘mlik iPhone rusumli telefoni, 700 AQSH dollari va 950 ming so‘m pullarini olib qo‘ygan hamda voqea joyida yashiringan. Har ikkala gumonlanuvchi ham qo‘lga olingan va tergov guruhiga taqdim qilingan.

“Internetdan ukamga xabar keldi. Unda bir odam narkotik moddalar bilan odamlarni zaharlayotgani haqida xabar bor edi. Tashlab berilgan pasport ma’lumotlari hamda manzil bo‘yicha aytilgan joyga bordik va ularni kaltaklab, telefoni, pullarini oldik. Telefonni arzimagan summaga pulladik. Ikkinchi sherigini ushlab bilmadik, qochib ketdi. Qilgan ishimizdan pushaymonmiz”, deydi ular.

Aniqlanishicha, mazkur ikki shaxs jabrlanuvchilarni urib do‘pposlash evaziga 300 dollar olishga kelishadi. Ishni bajargach, holatni videoga olib, uni buyurtmachiga jo‘natishi kerak bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyat o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, 5 yildan 8 yilgacha, qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa, 8 yildan 10 yilgacha, takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan, ko‘p miqdorda, uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan hamda badanga og‘ir shikast yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, 10 yildan 15 yilgacha, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, ayblanuvchi 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda bosqinchilik qilib, tergovdan yashirinib yurgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

yollanma bosqinchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar