Toshkentda yog‘ochdan qurilgan uy yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
27 Sentabr 2025 7480 1 daqiqa
Bugun, 27 sentyabr kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanida yog‘ochdan qurilgan xonadonlardan biri yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 21:06 da Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 11-dahasida joylashgan yog‘ochdan qurilgan shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 21:09 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:23 da qurshab olingan va soat 21:37 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar bo‘lmagan.