Toshkentda yangi qurilayotgan IT-park binosida yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Bugun, 23 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi IT-parkda yong‘in chiqqani haqida video tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu yong‘in tafsilotlarini ochiqladi. 

Bugun soat 11:12 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Olimlar” MFY Shahriobod ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli binolarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. 

Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:15 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 11:25 da o‘chirilgan.  

Yong‘in oqibatida 24 qavatli qurilishi tugallanmagan IT-park binosining 21-qavatida taxminan 5 kv metr maydonda penoplast qoldiqlari yonib zararlangan. Yong‘inda qo‘shni binolarga zarar yetmagan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing