Toshkentda yangi qurilayotgan 5 qavatli binoda yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Bugun, 10 avgust kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 19:37 da Chilonzor tumani Beshyog‘och ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 5 qavatli binoning 4 qavatida yong‘in kelib chiqqani haqida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:42 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:30 da qurshab olingan va soat 20:39 da to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar yo‘q.

“Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing