Toshkentda yana yoshlar forumi o‘tkaziladi

Biznes

image

20-21 dekabr kunlari Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan Tashkent City hududida joylashgan Congress Hall binosida Toshkent yoshlar forumi – 2021 bo‘lib o‘tadi.

Forumda yoshlar bilan vazirlik hamda idoralar rahbarlari, hukumat vakillari, olimlar, ekspertlar, san’at, madaniyat va sport namoyondalari, mediamakon vakillari uchrashadi.

Forumda vazirlar bilan ochiq muloqotlar tashkil qilinib, unda yigit-qizlar ularga zamonaviy ta’lim, IT-texnologiyalar, sog‘liqni saqlash, moliyaviy savodxonlikni oshirish, biznes va boshqa yo‘nalishlarga oid takliflarini berib taqdimotlarini ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi. Ishtirokchilar ayni paytda dolzarb bo‘lgan O‘zbekistondagi gender tenglik bilan bog‘liq vaziyatni inflyuenserlar bilan muhokama qilish, shuningdek, ekspertlar va tadbirkorlardan master-klasslarda qatnashish, yozuvchilar, olimpiya chempionlari hamda sport va kino yulduzlari bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 

Forum doirasida tashkilotchilar xorijda ta’lim olish uchun grantlar ajratish dasturini ishga tushirish haqida e’lon qilib, qiziqarli tanlovlar o‘tkazishadi hamda “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida o‘tkazilgan tadbirlar g‘oliblarini taqdirlashadi. Shuningdek, Toshkent shahar hokimi stipendiyasini o‘quvchi yoshlarga topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. 

Tadbirda qatnashish uchun quyidagi Telegram-bot orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin:https://t.me/toshkent21bot?start=1


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing