Toshkentda yana o‘q ovozi eshitildi. IIBB izoh berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l o‘rtasida bir fuqaro VAZ-2199 rusumli transport vositasiga qarata o‘q uzganligi aks etgan video tarqalmoqda. Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, kecha, 20 yanvar kuni taxminan soat 11:35 larda 1990 yilda tug‘ilgan Z.S. (Spark rusumli davlat raqami 01 B 292 WA bo‘lgan avtomobil haydovchisi) Mirzo Ulug‘bek tumani Feruza dahasi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida yo‘lning qatnov qismida o‘zining tanishi 1985 yilda tug‘ilgan G.A.ni ko‘rib qolgan.

U bilan oldindan turmush o‘rtog‘ini rashk qilish oqibatida o‘zaro kelishmovchiligi bo‘lgani sababli G.A. bilan o‘zaro gap talashib, uning boshqaruvidagi VAZ-21099 rusumli 01 T 738 NA bo‘lgan avtomobilning g‘ildiragiga tepib, so‘ng yonida bo‘lgan pnevmatik quroldan avtomobilga bir marotaba o‘q uzgan. Buning natijasida hech kim jarohatlanmagani aytilmoqda.

Holat yuzasidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan shaxsga nisbatan qat’iy qonuniy chora ko‘riladi.

Avvalroq ham Toshkentda o‘q ovozi eshitilgandi. O‘shanda ichki ishlar organlari xodimlari qoidani buzib, qochishga uringan Malibu’ni o‘q-otar qurol bilan to‘xtatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2539

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing