Toshkentda yana daraxt kesildi

Jamiyat

image

Bugun, 8 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanida daraxtlarning kesilayotgani aks etgan video tarqaldi. Xabarlarga ko‘ra, voqea Chilonzor tumani Do‘mbirobod mahallasida sodir bo‘lgan. Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati QALAMPIR.UZ’ga mazkur voqea bo‘yicha munosabat bildirdi. 

Xabar qilinishicha, Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasidagi 88-uy “Korzinka” supermarketining orqa tomonida joylashgan 1 tup zarang daraxtiga fuqaro X.A. tomonidan o‘sishdan to‘xtatmaydigan tarzda shikast yetkazilgan. 

“Mazkur holat bo‘yicha, fuqaro X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli bandiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari – 1 million 650 ming so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanilib, tushuntirish ishlari olib borildi”, deyiladi vazirlik munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil yanvar oyida O‘zbekistonda daraxtlarni kesishga moratoriy muddatsiz davrgacha uzaytirilib, daraxt kesganlarga qo‘llaniladigan jarimalar miqdori oshirilgan edi.

Shohjahon Majitov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing