Toshkentda yana bir yo‘lovchi tashuvchi “Gazel” ag‘darilib ketdi
3-sahifa
−
12 avgust 2021 7735 1 daqiqa
Bugun, 12 avgust kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida “Gazel” hamda Nexia rusumli avtomobillar to‘qnashdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, soat 19:00 larda 1967 yilda tug‘ilgan haydovchi F.K. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli hamda 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi J.R. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv oqibatida 5 nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 avgust kuni Toshkentning Chilonzor tumanida “GAZel” va Lacetti rusumli avtomobillar to‘qnashgandi. O‘sha YTHda ham “GAZel” rusumli avtomobil ag‘darilib ketgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025