Toshkentda yana bir avtomobil yonib ketdi
3-sahifa
−
17 Iyul 2025 7142 1 daqiqa
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida mashina yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 16 iyul kuni soat 21:21 da tumanning Seul ko‘chasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 21:26 da yetib borib, yong‘in soat 21:29 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida ham bir avtomobil yonib ketgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr