Toshkentda yana 9 kishi ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida davom etayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb 40 kunlik”i doirasida yana bir qancha shaxslar ushlandi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

1973 yilda tug‘ilgan Kamalov Fazliddin Muhiddinovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

1954 yilda tug‘ilgan Ibodov Niyoz (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi);

1972 yilda tug‘ilgan Umarov Lutfilla Rixsillayevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi, 276-modda);

1997 yilda tug‘ilgan Erkinov Fozil Iskandar o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

1985 yilda tug‘ilgan Saidov Begzod Yuldashevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

1996 yilda tug‘ilgan Samandarov Sherzodjon Zokir o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

1988 yilda tug‘ilgan Asatillayev Yedgar Rahmatillayevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

2000 yilda tug‘ilgan Ahmadjonov Izzatilla Ismatilla o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

1973 yilda tug‘ilgan Mo‘minov Sirojiddin Vaxabovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 276-moddasi 2-qismi);

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda,

Eslatib o‘tamiz, kecha ham O‘zbekistonda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida davom etayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida poytaxtda yana olti kishi qo‘lga olingandi. Ular orasida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan kriminal avtoritet Baxtiyor Qudratullayevning o‘g‘li 27 yashar Ixtiyor Qudratullayev ham bor. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing