Toshkentda yana 5 kishi qo‘lga olindi, ularning 3 nafari qamaldi
3-sahifa
−
06 dekabr 2023
12333Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan “Dolzarb qirq kunlik” doirasida o‘tkazilayotgan tergov-tezkor harakatlari davomida yana bir nechta shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi. Bu haqda IIBB xabar berdi.
Quyidagi shaxslarga nistaban qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan:
1. 1991 yilda tug‘ilgan Axror Ravshan o‘g‘li Abdullayev (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi, juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini o‘tkazish);
2. 1984 yilda tug‘ilgan Saidaxmadxon Saidalimovich Maxmudxodjayev (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 276-moddasi 2-qismi, ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash);
3. 1993 yilda tug‘ilgan Sunnatilla Choriyevich Xolmurodov (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 104-moddasi, og‘ir tan jarohati yetkazish).
Shuningdek, quyidagilar jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi sifatida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.
1987 yilda tug‘ilgan Azlarxon Botirovich Muxamedjanov (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);
1984 yilda tug‘ilgan Umid Kamanjanovich Rustamov (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi, juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini o‘tkazish).
Qayd etilishicha, tergov davom etmoqda.
“Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxsdan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Toshkentning “kriminal avtoriteti” ekani aytilgan muqaddam sudlangan Abbosxon Xo‘jayev qamoqqa olingani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi