Toshkentda yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati tashkil etiladi
Jamiyat
−
20 avgust 2019
3108Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimni yaratish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi
Qaror bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashishi markazi integratsiyalangan tizimini saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti etib belgilandi.
Qarorga ko‘ra, loyiha doirasida Toshkent shahrida quyidagilar tashkil etiladi:
- vaziyatlarni boshqarish yagona markazi;
- Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi;
- favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar organlari, tez tibbiy yordam va gaz tizimi shoshilinch tezkor xizmatlari bo‘yicha yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati (112);
- davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlarini “Xavfsiz shahar” tizimiga majburiy integratsiyalash;
- yo‘l harakati qoidalari buzilishi holatlarini foto-video qayd qilish, turar joylar va ijtimoiy ahamiyatli ob’ektlar monitoringini olib borish.
LiveBarchasi