Toshkentda YHXB ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limlari faoliyatini tikladi

Jamiyat

image

Bugun, 4 may kunidan boshlab Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish hamda ma’muriy amaliyot bo‘limlarida, shuningdek diagnostik stansiyalarida (texnika nazorati) fuqarolar qabuli davom etadi. Bu haqda bosh boshqarma Matbuot xizmati xabar berdi.

Ish kunlari: dushanbadan shanbagacha, dam olish kunlari – yakshanba va bayram kunlari.

Ish vaqti: soat 9.00 dan 18.00 ga qadar. Tushlik vaqti: 13.00 dan 14.00 gacha.

“Qabul sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga qat’iy amal qilingan holda olib boriladi. Fuqarolardan tibbiy niqob taqishni va ijtimoiy masofani saqlashni so‘rab qolamiz!”, deyiladi IIBB xabarida.

Avvalroq, 4 maydan fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari faoliyati ham tiklanishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent YHXB

Baholaganlar

117

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing