Toshkentda voyaga yetmagan shaxslar ayol kishiga hujum qildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi voyaga yetmaganlar hujumidan jabrlangani, ammo huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tegishli chora ko‘rilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Toshkent IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berib, ichki ishlar organlari xodimlarining harakatsizligi to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatdan yiroq ekanini ta’kidladi.

Joriy yilning 13 iyun kuni soat 09:14 da Mirobod tumani IIO FMB 2-son ichki ishlar bo‘limiga 49 yoshli Nargiza N.dan murojaat kelib tushgan. Murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni soat 08:00 atrofida u Mirobod bozori yonidan o‘tib ketayotganida 5-6 nafar voyaga yetmaganlar mushtlashayotganlarini ko‘rib qolib, ularni ajratmoqchi bo‘lgan. Bolalar esa uning kiyimiga zarar yetkazib sumkasini olib qo‘ymoqchi bo‘lishgan.

Mazkur ariza qabul qilinib, hozirgi vaqtda tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda. Mirobod tumani IIO FMB 2-son ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektorlari kapitan R. Nizaxunov va katta leytenant A. Yuldashbekov tungi vaqtdagi patrullash davomida o‘n nafar qarovsiz voyaga yetmagan bolalarni ko‘rib qolishgan. Ularning shaxslari aniqlanib, yuqoridagi hodisalarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bezorilik

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made