Toshkentda voyaga yetmagan qiz o‘zini 9-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida voyaga yetmagan qiz o‘zini ko‘p qavatli uyning 9-qavat qismidan tashlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, qiz uyning tomi orqali ustunga turib, o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan. Holatga guvoh bo‘lgan fuqarolarning biri holat haqida ichki ishlar organlari qutqaruv xizmatining navbatchilik qismiga xabar bergan. Shundan so‘ng, ushbu holat haqida yaqin oradagi mahalla profilaktika inspektoriga yetkazilgan.  

Inspektorning so‘zlariga ko‘ra, u qizni oldiga yaqinlashganda qiz juda agressiv holatda bo‘lgan. Xodim u bilan 30 daqiqa profilaktik suhbat olib borgan. Voyaga yetmagan qiz o‘zini tashlamoqchi bo‘lganda, xodim uni ushlab qolgan. Qiz bu vaziyatda xodimga qattiq qarshilik ko‘rsatgan, ammo xodim uni safdoshining kamari bilan tutib qolgan va qizni FVV xodimlariga topshirgan. 

Xavf ortda qolgach, shifokorlar voyaga yetmagan fuqaroni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan hamda mutaxassislar u bilan suhbat olib borgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda fuqaro o‘zini 9-qavatdagi derazadan pastga tashlagan va kirish yo‘lagining tom qismiga urilib, yerga tushgandi. Uning hayoti saqlab qolingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent voyaga etmagan qiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing