Toshkentda qiz o‘zini derazadan tashlamoqchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p qavatli uyning derazasidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan qizni ichki ishlar organlari xodimlari qutqarib qolgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 25 oktyabr kuni soat 01:15 larda Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga X.I. ismli qiz o‘z joniga qasd qilayotgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga shu hududda xizmat olib borayotgan Uchtepa tumani IIO FMB PPX xodimlari yetib kelgan va X.I.ning hayotini saqlab qolgan.

Xabarga ko‘ra, ushbu hodisaning sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar profilaktika inspektori va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tomonidan o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

276

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing