Toshkentda o‘zbek-xitoy vaksinasini sotayotgan hamshira va uning sherigi qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkentda 200 ga yaqin koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasini pullayotgan ayol ushlandi. U preparatni poliklinika hamshirasidan olgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6 iyul kuni M.M. O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. u o‘z arizasida “Zebo” ismli shaxs Telegram messenjeri orqali davlat tomonidan bepul emlash uchun berilgan COVID-19 ga qarshi vaksinani sotayotgani haqida e’lon berganini hamda ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, joriy yil 8 iyul kuni IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasida joylashgan “Gurman” kafesi ro‘parasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir jarayonida fuqaro A.Z. fuqaro M.Ya.ga 186 dona COVID-19 ga qarshi ZF-UZ VAC-2001 vaksinasini har bir dozasini 150 000 so‘mdan jami 27 750 000 so‘mga sotishini kelishib, ushbu pullar hisobidan 1 400 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

O‘tkazilgan surishtiruv davrida, A.Z. ushbu vaksinalarni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan oilaviy poliklinikalardan birida katta hamshira bo‘lib ishlovchi B.S.dan olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.Z. hamda B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186 prim 3-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

321

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing