Toshkentda o‘zaro janjallashgan fuqarolar IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatdi
3-sahifa
−
11 may
5240Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha fuqarolar o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Kecha, 10 may kuni taxminan soat 16:30 larda Chilonzor tumani, 5-mavze hududida 1980 yilda tug‘ilgan A.A. va 1984 yilda tug‘ilgan A.A.lar mast holatda bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan bir necha fuqarolar – 1993 yilda tug‘ilgan Sh.D., 1996 yilda tug‘ilgan A.S. va 2002 yilda tug‘ilgan S.S. bilan o‘zaro janjallashgan. Oqibatda 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro yengil darajadagi jarohatlar bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari yetib borgan. Biroq jamoat tartibini buzayotgan ikki nafar fuqarolar IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
LiveBarchasi